Mazkur vitamin kompleksining bitta mazali tabletkasi organizmning asab, immun va yurak-qon tomir tizimlarining me`yorida ishlashi uchun zarur bo'lgan B vitaminlariga bo'lgan kunlik ehtiyojini ta'minlaydi.
B GURUHI VITAMINLARI
Ular hujayra metabolizmini, uglevodlar, oqsillar, yog'lar almashinuvini, ATF sintezini va to'qimalarning nafas olishini tartibga solishda faol ishtirok etadilar. Organizmdagi xolesterin darajasini nazorat qilishga yordam beradi, qon tomirlari devorlarida aterosklerotik laxtalarning shakllanishiga to'sqinlik qiladi. Yengil sedativ ta'sirga ega, xavotirlilik, apatiya va stressni yengillashtiradi.
VITAMIN B7 (BIOTIN)
Hujayraning o'sishi va bo'linishi, keratinning (sochning asosiy "qurilish materiali") va soch piyozlarining normal shakllanishi uchun zarur. Terining mustahkamligi va elastikligini saqlashga yordam beradi.
VITAMIN B9 (FOLIY KISLOTASI)
Aminokislotalar, fermentlar va gematopoez sintezida ishtirok etadi, ayollarning reproduktiv salomatligini saqlaydi.
Mahsulot komponentlarini individual ko`tara olmaslik, homiladorlik, emizish davri, ichak funksiyasining buzilishiga moyillik. Foydalanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Quruq, bolalar qo‘li yetmaydigan joyda, +25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, saqlang.
|
Faol komponentlar
|
Tarkibi | Iste’molning mos darajasi %* |
|
Folik kislotasi
|
200 mkg | 50% |
|
Vitamin PP (nikotinamid)
|
16 mg | 80% |
|
Pantoten kislotasi (kaltsiy pantotenati)
|
6 mg | 120%** |
|
Biotin
|
50 mkg | 100% |
|
Vitamin B12 (siyanokobalamin)
|
2,5 mkg | 83% |
|
Vitamin B6 (piridoksin gidroxloridi)
|
1,4 mg | 70% |
|
Vitamin B2 (riboflavin)
|
1,4 mg | 78% |
|
Vitamin B1 (tiamin mononitrati)
|
1,1 mg | 74% |
| Yordamchi komponentlar: sorbitol, kartoshka kraxmali, raps moyidan oʻsimlik yogʻi, limon kislotasi (kislotani tartibga soluvchi), limonli tabiiy xushboʻylantirgich (laym), magniy stearati (yopishishga qarshi agent), steviolglikozid (shirinlashtiruvchi). | ||
| * iste’molning mos darajasi %. O’zbekiston Respublikasining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini belgilovchi Sanitariya Qoidalari va me’yorlarining 0366-19 sonli Gigienik me’yorlariga asosan . ** iste’mol uchun ruhsat etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdan oshmaydi. |
||
| Tarkibida shirinlashtiruvchi modda mavjud. Haddan tashqari iste’mol qilinganda ich suradigan ta’sir ko’rsatishi mumkin. | ||