+998781136156 | Yangiliklar Aksiyalar
Tadbirlar |
O'zbekiston
Coenzyme Q10
Coenzyme Q10
Coenzyme Q10
Coenzyme Q10
gacha yaroqli: 03.27
#2177, Coenzyme Q10

Coenzyme Q10

Klub narxi
375,000.00 UZS
-%
Sizning narxingiz
468,750.00 UZS
-%
Bonus ballar
19
Ishlab chiqarish shakli
60 kapsula
Soni
Ro‘yxatdan o‘tish
Tovarlar kelganligi haqida xabar berish
  • Tavsif
  • Qo‘llanma
  • Tarkibi
Hujayralarda energiya ishlab chiqarish va organizmning hayotiy quvvatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ubixinon manbai. Mahsulotda Yaponiyaning Kaneka korporatsiyasi tomonidan patentlangan koenzimning faol shakli qo‘llangan.

Kaneka koenzim Q10 (ubixinon) xamirturushni biotexnologik fermentatsiyalash yo‘li bilan olinadi va organizmda ishlab chiqariladigan koenzim Q10 bilan aynan bir xil hisoblanadi. Kokos yog‘ining o‘rta zanjirli triglitseridlari (MCT) hamda inulin prebiotigi bilan birikmasi koenzimning bioo‘zlashtirilishini oshiradi va energiya hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Kaneka koenzim Q10 eng ko‘p o‘rganilgan hisoblanadi, chunki ubixinon xususiyatlariga oid aksariyat tadqiqotlarda aynan u qo‘llangan va qo‘llanishda davom etmoqda.


Mahsulot quyidagilarga yordam beradi:

  • yurakning me’yordagi faoliyatini ta’minlashga;
  • ish qobiliyati va chidamlilikni oshirishga;
  • turli kasalliklardan so‘ng tiklanishni tezlashtirishga;
  • faol umrni uzaytirishga.

Koenzim Q10 – insonning barcha tirik hujayralarida mavjud bo‘lgan vitaminsimon moddadir. Uning ikkinchi nomi – “ubixinon” – “ubiquitous quinone” ya’ni, “hamma joyda mavjud xinon” so‘zidan kelib chiqqan. Ubixinon hujayralarning “energiya stansiyalari” – mitoxondriyalarda saqlanadi va ularda organizmdagi butun energiyaning qariyb 95 foizi ishlab chiqariladi. Ubixinon hujayralar tomonidan energiya ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlaydi va organizmning antioksidant himoyasida muhim ishtirok etadi.

Ubixinon eng yuqori konsentratsiyada yurak mushagi, bosh miya, jigar, o‘pka hujayralarida, ya’ni energiya sarfi eng yuqori bo‘lgan a’zolarda uchraydi. Shu bois, bu moddaning yetarli miqdorda bo‘lishi ularning me’yorida ishlashi uchun juda muhimdir.

Yosh o‘tgani sari organizmda ubixinon sintezi va uning oziq-ovqatdan o‘zlashtirilishi sekinlashadi. Biroq yoshlikda ham oziq-ovqat orqali qabul qilish organizmning ushbu qimmatli moddaga bo‘lgan ehtiyojini har doim ham qoplay olmasligi mumkin. Masalan, kuniga 15 mg ubixinon olish uchun taomnomaga 1,5 kg pishirilgan forel (gulmoyi), yoki 500 g yog‘siz mol go‘shti, yoki 600 g yeryong‘oq qo‘shish talab etiladi.

Qo‘llash usuli

Kattalar uchun kuniga 1 kapsuladan ovqat vaqtida. Qabul davomiyligi - 1 oy. Zarur bo‘lsa, takrorlash mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Komponentlarni individual ko‘tara olmaslik, homiladorlik, emizish, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Yaroqlilik muddati

Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 2yil

Saqlash usuli

25ºС dan yuqori bo’lmagan haroratda quruq, yorug’likdan himoyalangan, bolalar tegmaydigan joyda.

Tarkibida

Inulin, Koenzim Q10 (Kaneka Q10TM), kapsula (gidroksipropilmetilsellyuloza), kokos yong‘og‘idan olingan o‘rtacha zanjirli triglitseridlar kukuni, kokos moyidan olingan o‘rtacha zanjirli triglitseridlar.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

AQSH
  • Coenzyme Q10
    Faol tarkibiy qismlar
    Miqdori Muvofiq iste’mol darajasining %*
    Koenzim Q10 (Kaneka Q10TM)
    100 mg 33,3%**
    Inulin
    125 mg
    Yordamchi komponentlar: kapsula (gidroksipropilmetilsellyuloza), kokos yong‘og‘idan olingan o‘rtacha zanjirli triglitseridlar kukuni, kokos moyidan olingan o‘rtacha zanjirli triglitseridlar.

    * O‘zbekiston Respublikasi SanQvaN № 0366-19 Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining gigiyenik me’yorlariga muvofiq
    ** iste’molning ruxsat etilgan eng yuqori darajasidan oshmaydi
BFQ DORI VOSITASI HISOBLANMAYDI
Kamerani QR kodga yo‘naltiring va yuklab oling Kamerani QR kodga yo‘naltiring va yuklab oling

Kamerani QR kodga yo‘naltiring va yuklab oling

Coral Club ilovasida tovarlarga buyurtma bering va shaxsiy kabinetingizni boshqaring

Contact us
Help and training
Region code
Customer Service
Should you have any questions, please do not hesitate to contact us
Should you have any questions, please do not hesitate to contact us
Tasdiqlang: Men robot emas
Start chat
Sayt sahifasi avtomatik ravishda tarjima qilindi. Siz ushbu funksiyani brauzer sozlamalarida o‘chirib qo‘yishingiz yoki o‘zgartirishingiz mumkin.