+998781136156 | Yangiliklar Aksiyalar
Tadbirlar |
O'zbekiston
Pentokan K+
Pentokan K+
Pentokan K+
Pentokan K+
#2183, Pentokan K+

Pentokan K+

Klub narxi
162,500.00 UZS
-%
Sizning narxingiz
203,125.00 UZS
-%
Bonus ballar
6.5
Ishlab chiqarish shakli
20 ta vijillovchi tabletka
Soni
Ro‘yxatdan o‘tish
Tovarlar kelganligi haqida xabar berish
  • Tavsif
  • Qo‘llanma
  • Tarkibi

Ishchanlik qobiliyatini tez tiklashga va chidamlilikni oshirishga yordam beradi. Bioo‘zlashtiriluvchi shakldagi kaliy manbai bo‘lib xizmat qiladi.


  • Bioo‘zlashtiriluvchi kaliy va C vitamini manbai
  • 1 ta vijillovchi tabletka tarkibida 420 mg kaliy va 100 mg C vitamini mavjud
  • Yurakning me’yoriy faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi
  • Chidamlilik va ishchanlik qobiliyatini oshirishga ko‘maklashadi
  • Vijillovchi tabletka shakli kaliyning organizm tomonidan oson o‘zlashtirilishini oshiradi

 

Kaliy

Kaliy tanqisligi odatda uning oziq-ovqat bilan birga yetarlicha olinmasligi tufayli yuzaga keladi. Kaliyning eng boy manbalari — yangi uzilgan mevalar va rezavorlar, bargli ko‘katlar, quritilgan mevalar, dukkaklilar hamda yong‘oqlardir. Sport bilan jadal shug‘ullanish, issiq iqlimda yashash, stress, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, chekish, shirinliklar va qahvani haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish kaliyning ortiqcha yo‘qotilishiga olib keladi.
Kaliyning 90% gachasi hujayralar ichida saqlanadi, uning asosiy ombori esa mushak hujayralaridir. Shu sababli yurak, mushak va asab tizimi kaliy yetishmovchiligiga ayniqsa sezgir bo‘ladi. Kaliy tanqisligi bilan charchoq, uyquchanlik, mushaklar zaifligi, befarqlik, organizmda ortiqcha suyuqlik to‘planishi, serjahllik va yurak faoliyatining buzilishi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik kuzatiladi.

 

C vitamini

Mushaklar va to‘qimalarni kislorod bilan ta’minlashga yordam beradi, bu esa jismoniy zo‘riqish yoki stressdan so‘ng organizmning tiklanishini tezlashtiradi. Teri va boshqa biriktiruvchi to‘qimalarning asosiy oqsili bo‘lgan kollagen sintezida ishtirok etadi. Organizmni barvaqt qarishdan himoya qiladi.

 

Riboza

Organizmdagi asosiy energiya manbai bo‘lgan ATF molekulalari tarkibiga kiradi. Riboza yurak va boshqa mushaklar salomatligi uchun ayniqsa muhimdir, chunki u ularni energiya bilan ta’minlab, tiklanishini tezlashtiradi.

Qo‘llash usuli

Kattalarga — 1 dona vijillovchi tabletkani xona haroratidagi 60 ml ichimlik suvida eritib, kuniga 1-2 mahal ovqat vaqtida ichish tavsiya etiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Tarkibiy qismlarni individual o‘zlashtira olmaslik, homiladorlik, emizish davri. Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. O‘rami shikastlangan bo‘lsa, qo‘llanilmasin.

Yaroqlilik muddati

2 yil

Saqlash usuli

Quruq, bolalar ola olmaydigan joyda, +25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari tushishidan saqlansin.

Tarkibida

Kaliy (kaliy gidrokarbonat) 420 mg, vitamin С (L-askorbin kislota) 100 mg, riboza 20 mg, yordamchi komponentlar.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

Fransiya
  • Pentokan K+
    Active ingredients
    1 Effervescent Tablet % DV*
    Potassium (Potassium bicarbonate)
    420 mg 21%
    Vitamin C (L-Ascorbic acid)
    100 mg 125%
    Ribose (D-ribose)
    20 mg -
    Other Ingredients: citric acid, maltodextrin, sorbitol, inulin, corn starch.
    *Percent Daily Values
    - Daily Value not established.
    Net weight 50 g
BFQ DORI VOSITASI HISOBLANMAYDI
Kamerani QR kodga yo‘naltiring va yuklab oling Kamerani QR kodga yo‘naltiring va yuklab oling

Kamerani QR kodga yo‘naltiring va yuklab oling

Coral Club ilovasida tovarlarga buyurtma bering va shaxsiy kabinetingizni boshqaring

Contact us
Help and training
Region code
Customer Service
Should you have any questions, please do not hesitate to contact us
Should you have any questions, please do not hesitate to contact us
Tasdiqlang: Men robot emas
Start chat
Sayt sahifasi avtomatik ravishda tarjima qilindi. Siz ushbu funksiyani brauzer sozlamalarida o‘chirib qo‘yishingiz yoki o‘zgartirishingiz mumkin.