
-
Katalog
- Kompaniya
- Imkoniyatlar
Terini tashqaridan va ichkaridan chuqur namlash va oziqlantirish uchun to'plam tarkibiga innovatsion kollagen tripeptidlari va ikki turdagi biotsellyuloza niqoblari kiritilgan. Sovg‘a sifatida bir oy uchun mo'ljallangan Coral-Mine flagman mahsulotining zaxirasi beriladi, bu taxminan 45 litr mazali va sifatli suvga teng keladi.
MAXICOLLAGEN dengiz kollageni tripeptidlari asosidagi meva-rezavor ta’mli premium byuti mahsuloti. Bitta flakonda - teri elastikligini sezilarli darajada oshirish, ajinlar chuqurligini kamaytirish, tirnoqlarni mustahkamlash va sochlarning yaltiroqligini ta’minlash uchun 15000 mg suyuq kollagen. Formula gialuron kislotasi, B va C guruh vitaminlari, shuningdek, terining tiklanishiga hissa qo‘shadigan va uning ichki namligini saqlaydigan o‘simlik ekstraktlari bilan boyitilgan.
Niqoblarning biotsellyuloza asosi teriga zich yopishib, uning shakliga moslashadi va "ikkinchi teri" ta’sirini yaratadi, bu esa zardobning bir tekis tarqalishini ta’minlaydi. Lipomask™ texnologiyasi tufayli faol moddalar oddiy matoli niqoblarga qaraganda teriga 10 barobar chuqurroq singib boradi, bu esa formulaning ta’sirchanligini oshiradi va salon muolajasi natijasini beradi.
Terini chuqur namlaydi, qichishish va po‘st tashlashni kamaytiradi, fotoqarishni sekinlashtiradi. Tarkibida dengiz suvi, 3D gialuron kislotasi, dengiz suv o‘tlari hamda teri mikrobiomasi muvozanatini saqlovchi faol tarkibiy qism - metabiotik mavjud.
Tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, teri tuzilishini yaxshilaydi, rangini tekislaydi va uni atrof-muhitning salbiy omillaridan himoya qiladi. Tarkibida dengiz suvi, metabiotiklar, seramidlar, moringa urug‘lari va dengiz suv o‘tlari ekstraktlari mavjud bo‘lib, ular terining himoya qatlamini tiklash va antioksidant himoyani ta’minlashga yordam beradi.
Yapon dengizida, Okinava va Tokunoshima orollari yaqinida yig‘ilgan skleraktiniyalarning qadimiy chuqur suv marjonlari asosidagi mineral tarkib. Uning tarkibida kalsiy, magniy, natriy va kaliy mavjud bo‘lib, bular suvning ta’mini va fiziologik to‘yimliligini oshiradi.
Foydalanishdan oldin yaxshilab chayqating. Kattalar uchun kuniga 1 flakondan (50 ml) 1 marta suyultirilmagan holda yoki bir stakan suv bilan aralashtirib, ovqat bilan qabul qilish.
*Baliqlarni qayta ishlash mahsulotlariga ega
dastlab yuzingizni tozalang. O‘ramni oching va niqobni yoying, bitta himoya qatlamini olib tashlang. Ikkinchi himoya qatlamini tashqariga qaratib, niqobni yuzingizga yoying. Niqob yuzingizga mahkam jipslashganiga ishonch hosil qiling. Ikkinchi himoya qatlamini olib tashlang. 15-20 daqiqadan so‘ng niqobni olib tashlang va essensiya qoldiqlarini to‘liq singib ketguncha yengil shapatlovchi harakatlar bilan taqsimlang.
1 paketchani ochmasdan, 1,5 litr suvga soling (suv miqdori 2-3 baravar kamayishi mumkin). 5 daqiqadan so'ng suv ichishga tayyor bo`ladi. Tayyorlangan suvni kun davomida iste'mol qilish tavsiya etiladi.