Coral Club kompaniyasining tadbirlari — MLM sohasida motivatsiya, ta’lim olish va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan makondir. Biz ishtirokingiz qulay va ijobiy hissiyotlarga boy bo‘lishini ta’minlashga chin dildan harakat qilamiz.
Tadbirda o‘zingizni qulay his qilishingiz uchun quyidagi qoidalarga rioya qilishingizni so‘raymiz:
1. Hurmat — bizning standartimiz
- muloqotda ochiq va xushmuomala bo‘ling, siyosat va din mavzularini muhokama qilishdan saqlaning;
- ma’ruzalar va Taqdirlash marosimi vaqtida mobil qurilmalarni ovozsiz rejimga o‘tkazing;
- zalni faqat dasturda belgilangan tanaffuslar paytida tark etish tavsiya etiladi.
2. O‘zimizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlaymiz
Dastur boshlanishidan 10 daqiqa oldin zalga kelishingizni so‘raymiz. Shunda bemalol o‘z joyingizni egallab, boshqa ishtirokchilarni chalg‘itmaysiz.
3. Qo‘llab-quvvatlash — yetakchilik uslubi
Barcha ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash olqishlanadi: sahnaga chiqib, o‘z tajribasi va bilimlari bilan bo‘lishayotgan har bir kishini qarsaklar bilan kutib oling.
4. Jonli ishtirok kontentdan muhimroq
Tadbir muhitini baham ko‘rganingizdan mamnunmiz, biroq to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar o‘tkazishdan tiyilishingizni va shaxsan ishtirok etishning qadrini unutmasligingizni iltimos qilamiz.
5. Dress-kod: Smart Casual
Agar tadbir uchun alohida dress-kod belgilanmagan bo‘lsa, qulaylik va ishbilarmonlik qiyofasini o‘zida mujassam etgan Smart Casual uslubiga rioya qilish tavsiya qilinadi.
Shuni ma’lum qilamizki, ayrim tadbirlar (masalan, VIP-ziyofatlar) uchun boshqacha, yanada tantanavor kiyim uslubi nazarda tutilishi mumkin.
Ushbu qoidalarga rioya qilish tadbirda ishtirok etishning majburiy shartidir. Ro‘yxatdan o‘tish orqali siz ushbu qoidalarga roziligingizni tasdiqlaysiz va ularga rioya qilish majburiyatini o‘z zimmangizga olasiz.
Qoidalar buzilgan taqdirda, Kompaniya sotib olingan xizmatlar to‘plami (ishtirok, turar joy, parvoz, sug‘urta) qiymatini qoplamagan holda ishtirokchini tadbirdan chetlatish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Agar yuqoridagi shartlar sizga ma’qul kelmasa, ishtirok etishdan saqlanishingizni so‘raymiz. Tushunganingiz uchun tashakkur.