C vitaminining barcha qimmatli xususiyatlari yaxshi hazm bo‘ladigan va xavfsiz PUREWAY-C™ shaklida.
PUREWAY-C™ — so‘rilishi yaxshilangan C vitaminining zamonaviy patentlangan shakli. Hujayralarga C vitamini yetkazib berishni osonlashtiradigan o‘simlik yog‘ kislotalari aralashmasi va uni erta oksidlanishdan himoya qiluvchi sitrus bioflavonoidlari bilan birgalikda L-askorbin kislotasi shaklidagi C vitaminini o‘z ichiga oladi. Pureway-C™ oddiy askorbin kislotaga nisbatan tanada 233 foiz ko‘proq saqlanishi ilmiy jihatdan isbotlangan, shuningdek, oshqozonni bezovta qilmaydi va C vitaminining yuqori dozalariga xos bo‘lgan boshqa nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarmaydi.
C vitamini inson tanasida sintez qilinmaydi va faqat oziq-ovqat va parhez qo‘shimchalari orqali kiradi. Bunda C vitamini suvda eriydigan vitaminlar turiga kiradi va inson tanasi uni kelajakda foydalanish uchun zaxira qila olmaydi, shuning uchun ushbu muhim modda muntazam ravishda organizga tushishi zarur. C vitamini kuchli antioksidant bo‘lib, hujayralarni oksidlovchi stress tufayli erta qarishdan himoya qiladi. C vitamini qon tomirlari, suyak va tishlar, tog‘ay, milklar, terining normal holati uchun zarur bo‘lgan kollagen sintezida ishtirok etadi. U immunitet va asab tizimlarining ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi, hujayralar tomonidan energiya ishlab chiqarishda ishtirok etadi va charchoq va holsizlik pasaytirishga yordam beradi.
|
Faol komponentlar
|
Tarkibi | Iste’molning mos darajasi %* |
|
PUREWAY-C Vitamin C (L-askorbin kislotasi)
|
500 mg | 556%** |
| Yordamchi komponentlar: guruch uni (yopishib ketishga qarshi agent), kapsula (gidroksipropilmetiltsellyuloza); PUREWAY- C sitrus bioflavonoidlari, guruch yog'i (tashuvchi) dan tayyorlangan yog' kislotalari. | ||
| * iste’molning mos darajasi %. O’zbekiston Respublikasining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini belgilovchi Sanitariya Qoidalari va me’yorlarining 0366-19 sonli Gigienik me’yorlariga asosan . ** iste’mol uchun ruhsat etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdan oshmaydi |
||