Bo`lajak ona va bolaning sog'lig'ini saqlash uchun vitamin-mineral kompleksi. Homiladorlikning optimal kechishini rag'batlantiradi va homilada tug`ma anomaliyalar bo`lishi xavfini kamaytiradi. Homiladorlikni rejalashtirayotganda, ota-onaning ikkisi ham urug`lanishdan 3-4 oy oldin qabul qilishlari tavsiya etiladi.
OMEGA-3 KTYK(DHA)
Bo`lg`usi ona va uning chaqalog'ining salomatligini ta'minlovchi asosiy komponentlardan biri. DGK platsentadan o'tib, chaqaloqning miyasi, asab tizimi va ko'zlari rivojlanishida ishtirok etadi. DGK qon tomirlari devorlarini mustahkamlashga, yurak faoliyatini me`yorlashtirishga va "yomon" xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi. Homilador ayolning organizmida DGKning yetarli darajada bo`lishi erta tug'ilish xavfini kamaytiradi.
VITAMIN D
Homiladorlik paytida bu ayniqsa juda zarur, chunki usiz kalsiy kam darajada so'riladi. Uning yetishmasligi raxitga olib kelishi mumkin, buning namoyon bo'lishidan biri skeletning noto'g'ri shakllanishi.
B GURUHI VITAMINLARI
Ular asab tizimining ishlashi uchun muhim va homilaning shakllanishidagi moddalar almashinuvi jarayonlarida faol ishtirok etadi. B9 va B12 vitaminlari yetishmasligi homilaning asab naychasining shakllanishidagi buzilishlarga, homilabibg rivojlanishi kechikishiga, homilaning tushishiga va erta tug'ilish xavfiga olib kelishi mumkin.
VITAMIN E VA NIATSIN
Ular homilaning me`yorida rivojlanishi va platsentaning funksiyasi uchun zarur bo`lib, xususan, ular chaqaloqning nafas olish tizimini shakllantirishda ishtirok etadilar. Dastlabki bosqichlarda homilaga nisbatan tug`ilishi mumkin bo'lgan xavflarni oldini oladi.
SELEN VA SINK
Bolaning tug'ma anomaliyalar (mushaklarning zaifligi, umurtqa pog'onasining yetuk rivojlanmaganligi, yurak nuqsonlari, nafas olish tizimi kasalliklari, asab kasalliklari) bilan tug'ilishi xavfini oldini olish. Ushbu minerallarning yetishmasligi kech toksikoz, shish, anemiya va erta tug'ilishni keltirib chiqarishi mumkin.
YOD
Qalqonsimon bezning me`yorida ishlashi uchun muhim. Homiladorlik davrida ushbu elementning yetishmasligi onada qalqonsimon bezning disfunksiyasiga va bolada tireorid buzilishlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
|
Faol komponentlar
|
Tarkibi | Iste’molning mos darajasi %* |
|
PTYoK omega-3 (baliq moyidan), shu jumladan, dokozageksayen kislotasi
|
200 mg | 29% |
|
Vitamin D3 (xolekaltsiferol)
|
5 mkg | 50% |
|
Vitamin B12 (siyanokobalamin)
|
3,5 mkg | 117%** |
|
Vitamin B6 (piridoksin gidroxloridi)
|
1,9 mg | 95% |
|
Vitamin B2 (riboflavin)
|
1,5 mg | 83% |
|
Vitamin B1 (tiamin mononitrati)
|
1,2 mg | 80% |
|
Vitamin PP (nikotinamid)
|
15 mg | 75% |
|
Vitamin E (d-α tokoferol atsetati)
|
13 mg TE | 87% |
|
Biotin
|
50 mkg | 100% |
|
Pantoten kislotasi (kaltsiy pantotenati)
|
6 mg | 83% |
|
Folik kislotasi
|
400 mkg | 100% |
|
Yod (kaliy yodadi)
|
150 mkg | 100% |
|
Selen (natriy selenati)
|
30 mkg | 55% (ayollar uchun) |
|
Rux (rux oksidi)
|
2,25 mg | 19% |
| Yordamchi komponentlar: kapsula (jelatin, glitserin, rojok daraxti mevalaridan un, suv), yog’li kislotalar mono- va digliseridlari (emulgator). | ||
| * iste’molning mos darajasi %. O’zbekiston Respublikasining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini belgilovchi Sanitariya Qoidalari va me’yorlarining 0366-19 sonli Gigienik me’yorlariga asosan . ** iste’mol uchun ruhsat etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdan oshmaydi. |
||
| Tarkibida soya va baliq moyi mavjud. | ||