Normal, quruq va aralash teri uchun mikroninali lifting-zardob. Kechqurun, LIŪMI Hydra-Infusion Toner tonikidan foydalangandan so‘ng qo‘llang. Zardobni lab va ko‘z atrofidagi teriga tekkizmagan holda yuz va bo‘yin sohalariga surting. Yengil uqalovchi harakatlar bilan to‘liq singib ketguncha taqsimlang, so‘ng terini parvarishlash jarayonini LIŪMI kremi bilan yakunlang. Haftasiga 2–3 marta foydalaning.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Qo‘llagandan so‘ng terida yengil achishish hissi paydo bo‘lishi mumkin — bu terining mikrospikulalarga nisbatan normal reaksiyasidir. Birinchi marta ishlatishdan oldin vositani bilakning ichki qismida sinab ko‘rishni tavsiya qilamiz. Kosmetik muolajalardan so‘ng yoki terini tozalovchi (piling) vositalar bilan birga qo‘llamang.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
Saqlash usuli
Quruq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushmaydigan, bolalar qo‘li yetmaydigan joyda, harorati 25°C dan oshmaydigan sharoitda saqlash lozim.