
-
Katalog
- Kompaniya
- Imkoniyatlar
Siz #COUNTRY mamlakati uchun buyurtmalarni qabul qiladigan saytdasiz#
Siz o‘z mamlakatingiz uchun mo‘ljallangan saytga kirishingiz mumkin: us.coral.club
EMU YOG`I yuz va tananing terisi uchun keng doiradagi foydali xususiyatlarga ega. Barcha teri turlariga mos keladi, komedogenen emas.
Emuning vatani - Avstraliya. U yerda ko'p asrlar davomida emu yog'i aborigenlar uchun universal davolovchi vosita bo'lgan: yaralar, kuyishlar, hasharotlar chaqishi, bo`g`imlardagi og'riqlar va teri kasalliklarini muvaffaqiyatli davolashgan.
Emu yog'i yog'li izlar qoldirmasdan osongina so'riladi va chuqur namlashni ta'minlaydi. Bu quruq qipiqlanayotgan, xiralashgan yoki dag`al teri, shuningdek, quyoshda kuygan teri uchun ideal yumshatuvchi vositadir.
Teri kasalliklarida qichishish va qo`zg`aluvchanlik xususiyatini kamaytirishga yordam beradi. Boshqa kosmetik vositalar bilan yaxshi uyg`unlashadi, allergenlarni o'z ichiga olmaydi va kosmetika yaxshi tushmasligidan aziyat chekadiganlar uchun mos keladi.
Olein (omega 9) va linoleik (omega 6) yog’ kislotalarining yuqori miqdori tufayli shish va mushaklarning zo`riqishini kamaytiradi, terining bitishi va to'qimalarning tiklanishini yaxshilaydi.
Tarkibdagi rozmarin barglari yog'i (0,2%) mahsulotga yoqimli o'simlik iforini baxsh etadi.