Kaneka koenzim Q10 (ubixinon) xamirturushni biotexnologik fermentatsiyalash yo‘li bilan olinadi va organizmda ishlab chiqariladigan koenzim Q10 bilan aynan bir xil hisoblanadi. Kokos yog‘ining o‘rta zanjirli triglitseridlari (MCT) hamda inulin prebiotigi bilan birikmasi koenzimning bioo‘zlashtirilishini oshiradi va energiya hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Kaneka koenzim Q10 eng ko‘p o‘rganilgan hisoblanadi, chunki ubixinon xususiyatlariga oid aksariyat tadqiqotlarda aynan u qo‘llangan va qo‘llanishda davom etmoqda.
Mahsulot quyidagilarga yordam beradi:
Koenzim Q10 – insonning barcha tirik hujayralarida mavjud bo‘lgan vitaminsimon moddadir. Uning ikkinchi nomi – “ubixinon” – “ubiquitous quinone” ya’ni, “hamma joyda mavjud xinon” so‘zidan kelib chiqqan. Ubixinon hujayralarning “energiya stansiyalari” – mitoxondriyalarda saqlanadi va ularda organizmdagi butun energiyaning qariyb 95 foizi ishlab chiqariladi. Ubixinon hujayralar tomonidan energiya ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlaydi va organizmning antioksidant himoyasida muhim ishtirok etadi.
Ubixinon eng yuqori konsentratsiyada yurak mushagi, bosh miya, jigar, o‘pka hujayralarida, ya’ni energiya sarfi eng yuqori bo‘lgan a’zolarda uchraydi. Shu bois, bu moddaning yetarli miqdorda bo‘lishi ularning me’yorida ishlashi uchun juda muhimdir.
Yosh o‘tgani sari organizmda ubixinon sintezi va uning oziq-ovqatdan o‘zlashtirilishi sekinlashadi. Biroq yoshlikda ham oziq-ovqat orqali qabul qilish organizmning ushbu qimmatli moddaga bo‘lgan ehtiyojini har doim ham qoplay olmasligi mumkin. Masalan, kuniga 15 mg ubixinon olish uchun taomnomaga 1,5 kg pishirilgan forel (gulmoyi), yoki 500 g yog‘siz mol go‘shti, yoki 600 g yeryong‘oq qo‘shish talab etiladi.
|
Faol tarkibiy qismlar
|
Miqdori | Muvofiq iste’mol darajasining %* |
|
Koenzim Q10 (Kaneka Q10TM)
|
100 mg | 33,3%** |
|
Inulin
|
125 mg | |
| Yordamchi komponentlar: kapsula (gidroksipropilmetilsellyuloza), kokos yong‘og‘idan olingan o‘rtacha zanjirli triglitseridlar kukuni, kokos moyidan olingan o‘rtacha zanjirli triglitseridlar. |
||
| * O‘zbekiston Respublikasi SanQvaN № 0366-19 Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining gigiyenik me’yorlariga muvofiq ** iste’molning ruxsat etilgan eng yuqori darajasidan oshmaydi |
||