+998781136156 | Yangiliklar Aksiyalar
Tadbirlar |
O'zbekiston
Chewable Papaya
Chewable Papaya
Chewable Papaya
Chewable Papaya
#2196, Chewable Papaya

Chewable Papaya

Klub narxi
137,500.00 UZS
-%
Sizning narxingiz
171,875.00 UZS
-%
Bonus ballar
6
Ishlab chiqarish shakli
90 chaynash tabletkalari
Soni
Ro‘yxatdan o‘tish
Tovarlar kelganligi haqida xabar berish
  • Tavsif
  • Qo‘llanma
  • Tarkibi

Ovqat hazm qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘simlik fermentlari va ekzotik mevalar ekstraktlari.


  • Ananasdan olingan o‘simlik proteolitik fermenti — bromelain
  • Papayya mevasi va zarchava ekstraktlari, B2 vitamini
  • Oqsilli taomlarning hazm bo‘lishini yaxshilaydi
  • Ovqatlanishdan keyingi noqulaylikni kamaytiradi
  • Qulay va yoqimli chiqarilish shakli — chaynaladigan tabletkalar

 

Ratsiondagi oqsil — organizm uchun asosiy qurilish materiali manbai. Proteolitik* fermentlar yordamida yirik oqsil molekulalari ovqat hazm qilish yo‘lida mayda bo‘laklarga, ya’ni organizm o‘zlashtira oladigan peptidlar va aminokislotalarga parchalanadi. Oqsilni o‘zlashtirish bilan bog‘liq muammolar stress darajasi yuqori bo‘lganda, kasalliklardan so‘ng, kamharakat hayot tarzida, oqsilli taomlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilganda, shuningdek, sportchilar, keksalar va yuqori oqsilli parhezga amal qiluvchi kishilarda yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda organizmning o‘z ferment tizimi yordamga muhtoj bo‘lishi mumkin. O‘simlik fermentlarini qabul qilish — yechimlardan biridir.

 

Bromelain

Oqsillarning hazm bo‘lishi va so‘rilishiga yordam beradigan o‘simlik proteolitik fermenti. U o‘simlikning iste’mol qilib bo‘lmaydigan qismlari — bromelain eng ko‘p to‘plangan ananas o‘zagi va poyasidan olinadi.

 

Papayya mevasi ekstrakti

Papayyaning sersuv etida vitaminlar, minerallar va o‘simlik fermentlari mavjud bo‘lib, ular orasida papain eng qimmatlidir. Papain ham bromelain singari proteolitik fermentlar guruhiga kiradi va oqsilli taomlarning hazm bo‘lishini hamda o‘zlashtirilishini yaxshilaydi.

 

Zarchava ekstrakti

Zarchava — Sharqda mashhur ziravor bo‘lib, ishtahani ochadi va ovqat hazm qilishni rag‘batlantiradi.

 

B2 vitamini (riboflavin)

Oshqozon-ichak yo‘llari shilliq qavatlari salomatligini saqlashga yordam beradi.

 

* Proteolitik (lot. proteina — oqsil va yunon. lytikós — parchalanish) deb oqsillarni maydaroq bo‘laklar — peptidlar va aminokislotalarga parchalashga ixtisoslashgan fermentlar guruhiga aytiladi. Proteolitik fermentlarning boshqa nomlari — proteazalar yoki proteinazalar.

Qo‘llash usuli

Kattalarga ovqatlanish vaqtida yoki bevosita ovqatlanishdan so’ng kuniga 3 marta 1 tadan chaynash uchun tabletka. Qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Zaruriyat bo’lganida qabul qilishni takrorlash mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Komponentlarga individual ta’sirchanlik, homiladorlik, emizish, uglevod almashinuvining buzilishi, 7 yoshgacha bo’lgan bolalar.

Saqlash usuli

25ºС dan yuqori bo’lmagan haroratda quruq, yorug’likdan himoyalangan, bolalar tegmaydigan joyda.

Tarkibida

Glyukoza, mikrokristall sellyuloza (eltuvchi), Papaya mevalari ekstrakti, tabiiy marakuyya aromatizatori, glitsin (maza va hid kuchaytirgich), bromelayn, limon kislotasi (kislotalilik regulyatori), stearin kislotasining magniy tuzi (yopishib qolishga qarshi agent), kalsiya karbonat (yopishib qolishga qarshi agent), uzun zarchava ildizi ekstrakti, steviolglikozidlar (shirinlatgich), vitamin B2 (riboflavin).

Ishlab chiqarilgan mamlakat

Tayvan
  • Chewable Papaya
    Faol komponentlar
    Tarkibi Iste’molning mos darajasi %*
    Papaya mevalari ekstrakti
    75 mg
    Bromelayn
    20 mg
    Uzun zarchava ildizi ekstrakti
    3,3 mg
    Vitamin B2 (riboflavin)
    0,15 mg 8%
    Yordamchi komponentlar: glyukoza, mikrokristall sellyuloza (eltuvchi), tabiiy marakuyya aromatizatori, glitsin (maza va hid kuchaytirgich), limon kislotasi (kislotalilik regulyatori), stearin kislotasining magniy tuzi (yopishib qolishga qarshi agent), kalsiya karbonat (yopishib qolishga qarshi agent), steviolglikozidlar (shirinlatgich).
    *O’zbekiston Respublikasining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini belgilovchi Sanitariya Qoidalari va me’yorlarining 0366-19 sonli Gigienik me’yorlariga asosan.
BFQ DORI VOSITASI HISOBLANMAYDI
Kamerani QR kodga yo‘naltiring va yuklab oling Kamerani QR kodga yo‘naltiring va yuklab oling

Kamerani QR kodga yo‘naltiring va yuklab oling

Coral Club ilovasida tovarlarga buyurtma bering va shaxsiy kabinetingizni boshqaring

Contact us
Help and training
Region code
Customer Service
Should you have any questions, please do not hesitate to contact us
Should you have any questions, please do not hesitate to contact us
Tasdiqlang: Men robot emas
Start chat
Sayt sahifasi avtomatik ravishda tarjima qilindi. Siz ushbu funksiyani brauzer sozlamalarida o‘chirib qo‘yishingiz yoki o‘zgartirishingiz mumkin.